Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar negizida “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi mujassam
11:44 / 2023-04-03

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etayapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasida parlament quyi palatasi Spikeri o‘rinbosari Aktam Haitov turli soha vakillari ishtirokidagi uchrashuvlarda konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi.

Jumladan, Amudaryo tumanidagi  “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qarashli o‘simlik yog‘-moy ishlab chiqarish zavodi ishchi-xodimlari bilan suhbat davomida ularga konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlangani misollar bilan tushuntirildi. Yangilanayotgan Konstitutsiya Vatan taraqqiyoti, xalqimiz hayoti, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Ishtirokchilar bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida faol qatnashishga chaqirildi.  

Aktam Haitov ma’sul vakillar bilan birgalikda 40-sonli umumta’lim maktabi jamoasi bilan ham uchrashib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 50 va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgani, Asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan soha xodimlarining konstitutsion huquqlari, manfaatlari, maqomi mustahkamlanayotganini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, mazkur yangilanishlarning soha rivojidagi o‘rni xususida pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi.  

Marg‘ilon shahar raqamli texnologiyalar markazida tashkil qilingan “Yangi imkoniyatlarga ega bo‘lay desangiz, yangilanayotgan qomusga ovoz bering!” shiori ostidagi tadbirda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ishtirok etib, bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilganini qayd etdi. Bosh qomusimizga kiritiladigan jamiki o‘zgarishlarning negizida ham O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidladi.  

– Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi mustahkamlanmoqda. Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda. Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olish yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi, – dedi Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev.  

M.Komilova, O‘zA