Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar jarayonida kasaba uyushmalari faol ishtirok etmoqda (+video)
16:56 / 2025-10-19

Davlatimiz rahbarining kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi tizimda amalga oshirilgan ishlar sarhisobidan tashqari, sohani yanada rivojlantirish yoʻlidagi muhim vazifalar muhokama qilingani bilan ham ahamiyatli boʻldi.

Turli yoʻnalishlar doirasida aʼzolar safini yanada kengaytirish, nodavlat-xususiy sektorga kirib borish zarurligi taʼkidlandi. Soha vakillarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha alohida topshiriqlar berildi. 

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy kengashi raisi Nazira Boboyeva OʻzA muxbiriga bergan intervyusida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. 

– Davlatimiz rahbarining kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi muhim oqea boʻldi, – dedi N.Boboyeva. – Kasaba yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bilan birga, xalqimiz turmush tarzini yuksaltirish, inson qadrini yanada ulugʻlash va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qator topshiriqlar ham oldik. 

Video intervyuni batafsil YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/lsGLMGAudAA" title="Kasaba uyushmalarining turli yo`nalishlari doirasida a’zolar safi kengaytiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Iskandar Ismatov (video), O‘zA