English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar – aholi farovonligi uchun
19:17 / 2026-02-06

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi doirasida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi izchil amalga oshirilmoqda. 2024 yilda 18,5 gektar maydonda boshlangan qurilish ishlari natijasida 2025 yil oxiriga qadar 7 ta ko‘p qavatli uy to‘liq bitqazilib, aholiga topshirildi.

Yangi 2026 yil Amudaryo tumani fuqarolari, jumladan, Yo‘ldoshovlar oilasi uchun quvonchli yangiliklar bilan boshlandi. Davlat tomonidan faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ajratilayotgan imtiyozli subsidiyalar asosida mazkur oila “Yangi O‘zbekiston” massividan uch xonali xonadonga ega bo‘ldi.

[gallery-27514]

Qisqa vaqt ichida barpo etilgan ko‘p qavatli uylar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratmoqda. Uylar zamonaviy loyihalar asosida qurilib, barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, markaziy issiqlik, ichimlik suvi hamda yo‘l infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlangan.

Qayd etilishicha, 2030 yilga qadar Amudaryo tumanida jami 49 ta shunday ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA