Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohot va yangilanishlar aks etgan yangi kitob
11:39 / 2025-06-23

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, xalqaro Cho‘lpon mukofoti laureati shoir O‘tkir Rahmatning “Oyansaңы, taң attы, aqыr...” (Uyg‘onsangchi, tong otdi, axir...) she’riy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur kitobga o‘z mulohazalarini yozgan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov hamda Qoraqalpog‘iston  xalq yozuvchisi Orazbay Abdirahmanovlar so‘zga chiqishib, "Uyg‘onsangchi, tong otdi axir..." kitobi g‘oyatda mazmundor,  badiiy jihatdan yuksak, shuningdek, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining birdamligini tarannum etuvchi she’rlardan tashkil topganligini e’tirof etishdi.

[gallery-24004]

Bundan tashqari, taqdimotda shoir O‘tkir Rahmat she’riyati haqida filologiya fanlari doktori, professor Q.Orazimbetov va boshqa adabiyotshunos olimlar, talaba yoshlar o‘zlarining fikr, mulohazalarini bildirishib, yangi  kitob kitobxonlarga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidlashdi.  

Tadbirda  kitob muallifi so‘zga chiqib, Qoraqalpog‘istonda keyingi yillarda qilinayotgan katta bunyodkorlik ishlari, xususan, Mo‘ynoq va boshqa tumanlardagi islohotlar, asr qurilishi deya e’tirof etilgan Amudaryo ustiga yangi ko‘prik qurilishi kabi yangilanishlar o‘z ijodida aks etganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, mazkur kitobni tarjima qilishda ishtirok etgan ijodkorlarga minnatdorlik bildirib, bu boradagi ijodiy hamkorlik bardavom bo‘lishini, hali Qoraqalpog‘iston kengliklari haqida ko‘plab ijod namunalari yaralishini qayd etdi.

Tadbir yakunida shoir O‘tkir Rahmat universitet jamoasiga yangi kitobini sovg‘a qildi hamda muxlislarga dasxatlar yozib berdi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA