Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isitish qozonlari ishlab chiqarish korxonasi ochildi
15:12 / 2023-12-06

Farg‘ona shahri "Kimyogarlar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sanoatchilar” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida “Teplo Ideal” mas’uliyati cheklangan jamiyatining energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizda ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish borasidagi qarori hamda uning doirasida isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilar bojxona va soliq imtiyozlari orqali qo‘llab-quvvatlanayotgani tadbirkorlarni yangi loyihalarni amalga oshirishga undamoqda. Mazkur korxona yiliga 750 ta ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan energiya tejamkor isitish qozoni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Prezidentimizning qarorlari bilan Farg‘ona viloyatida jami 6 mingdan ziyod, shu jumladan, joriy yilning o‘zida 2 ming 455 ta davlat ijtimoiy soha ob’ektining isitish tizimlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinmoqda. Ularga energiya tejovchi va xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan isitish qozonlari o‘rnatildi.  

Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov isitish qozonlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish uchun viloyatda barcha sharoit yaratib berilishini ta’kidladi.

Tadbirkor Adhamjon Ma’murov tashabbusi hamda o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan loyiha qiymati 12,5 milliard so‘m bo‘lib, korxona Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Korxonada ishlab chiqariladigan avtomatlashtirilgan isitish qozonlari aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini samarali isitish tizimlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri