English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishtixondagi mahallalar yangi binoda ish boshladi
11:24 / 2021-08-27

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 62 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Akbar Yangiboyevning ma’lum qilishicha, barcha mahallalar o‘z binosiga ega. Lekin barchasi ham zamonaviy shart-sharoitga ega bo‘lmagani uchun ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Birgina joriy yil boshidan buyon 13 ta mahallaning xizmat binolari yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami arafasida yana beshta mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

– “Sohibkor”, “Tupor”, “Ishtixon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining binolari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan bo‘lsa, Toytuyoq va Ravot mahallalari binolari “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida bunyod etildi, – deydi A.Yangiboyev. – Bu binolarda shuningdek, aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kichik tikuv sexlari ham tashkil etildi. Bu mahallalarda aholi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yil yakuniga qadar yana 6 ta mahallamiz yangi, zamonaviy binoga ega bo‘ladi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA