Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishtixonda o‘quvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
16:21 / 2025-05-15

“Farovon oila sari” shiori ostidagi oylik doirasida bugun Ishtixon tumanidagi 8 va 33-umumta’lim maktablarida bolalar salomatligiga bag‘ishlangan tibbiy tadbirlar o‘tkazildi.

Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va markazning Samarqand filiali hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti endokrinologiya kafedrasi xodimlari tomonidan profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.  

– Avvalo o‘qituvchi va o‘quvchilarga salomatlik, sog‘lom turmush tarzi yuzasidan tavsiyalar berilib, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga e’tibor qaratdik, – deydi akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh vrachi G.Negmatova. – Barcha sinflarda yod tanqisligi holatining oldini olish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha salomatlik darslari o‘tildi. Tibbiy ko‘rikda esa o‘quvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, qalqonsimon bez holati, jinsiy va jismoniy rivojlanishi tahlil qilindi. Ko‘rik davomida ayrim bolalarda o‘sishdan orqada qolish, semizlik, tana vazn yetishmovchiligi, kriptorxizm, ginekomastiya va o‘smir qizlarda balog‘atga yetish davridagi boshqa endokrin muammolar aniqlanib, ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berildi.  

O‘quv yili yakuniga qadar tumandagi barcha maktablarda bu kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari