FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman hokimligi axborot xizmati, “Markaziy Farg‘ona” gazetasi tahririyati tomonidan mahalliy hamda respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan bu tadbirni o‘tkazilishida o‘zgacha ma’no bor. Yozyovonga kelgan ijodkor borki, tumanda jurnalistlar faoliyati, ijodiy izlanishi uchun yaratilgan sharoitlarga havas qiladi. Qolaversa, bu dargohga respublikamizdagi taniqli ustoz jurnalistlarning qadami yetgan.
[gallery-17990]
Dastlab mehmonlar “Markaziy Farg‘ona” gazetasi faoliyati, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, tahririyat bog‘i, issiqxonasi, gazetaning kecha va buguni aks etuvchi ko‘rgazmalar bilan tanishdi.
Hokimlik axborot xizmati majlislar zalida tashkil etilgan matbuot anjumanida tuman hokimi D. Jalilov ishtirok etdi. Unda tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda matbuotga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA