French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz yoshlarga avtomashina berildi
10:50 / 2025-12-28

Samarqandda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shunday loyiha amalga oshirildi.

Mazkur loyiha asosida 50 nafar ishsiz yoshga “Labo” rusumidagi avtomashinalar topshirildi.

- Loyihadan maqsad — ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning o‘zini o‘zi band qilishiga sharoit yaratish va daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdan iborat, — deydi Samarqand viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova. —Avtomashinalar talabgor yoshlarga bank krediti asosida berildi. Ular o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida aholiga transport xizmati ko‘rsatib daromad qiladi.

— 2021-yilda “B” toifali haydovchilik guvohnomasi olganman, —deydi. 

Jomboy tumani Naymantepa mahallasida yashovchi Mohira Safarova. — Pedagogika kollejini tamomlaganman. Ammo ishsiz edim. Ushbu loyiha doirasida boshlang‘ich to‘lovsiz, 7 yil muddatga, yillik 18 foizli kredit asosida “Labo” oldim. Avtomobilning umumiy qiymati 96 million so‘mni tashkil etadi. Asosan yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanishni rejalashtirganman. Bu orqali o‘z mehnatim bilan daromad topib, oilamga va jamiyatga foyda keltirmoqchiman.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari