Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda
10:03 / 2025-04-27

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligini ta’minlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi, 1-toifasiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarga amaliy yordam berish bo‘yicha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Guliston shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida tashkil etilgan Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ayollarga ishga joylashish imkonini berdi.

Shu kunning o‘zida 86 nafar ayol “Betlis tekstil”, “Stella moda”, “Yesme nur”, “Zukko chevarlari” kabi korxonalarga ishga joylashtirildi.

Tadbir ishtirokchilari Kasbiy ko‘nikmalar markazi faoliyati bilan tanishish orqali bu yerda kasb va hunarlarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini bilib oldilar. Ularga korxonalardagi shart-sharoitlar, ish haqi va imtiyozlar haqida batafsil  ma’lumot taqdim etildi. 56 nafar talabgorga o‘zlari yoqtirgan kasb-hunarlarni o‘rganish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan ayollarga zarur tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

G‘ulom  Primov, O‘zA muxbiri