Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
09:57 / 2024-12-13

Oila – ezgu orzu umidlarni o‘zida mujassam etgan va ularning ro‘yobi uchun zamin yaratadigan muqaddas makon. Unda go‘zal urf-odatlar, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, halollik, ezgulik kabi oliyjanob fazilatlar shakllanib, ildiz otadi. Oila avlodlar bardavomligini ta’minlaydi. Kelajakning tamal toshini qo‘yadi.

Ha, oilalarning ma’naviy kamoloti, moddiy farovonligi uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joylardagi xotin-qizlar bo‘limlari zimmasiga ham ko‘plab vazifalarni yuklagan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ochig‘i, mana shu tarixga muhrlanib qolayotgan yilimizda bo‘limimiz mas’ullari zimmasiga ham ko‘plab vazifalar yuklatilgan edi. O‘tgan davr mobaynida tumanimizdagi oilalar holatlarini o‘rganib chiqdik. Ishsiz xotin-qizlar bilan alohida suhbatlar uyushtirdik.  

Tumanda istiqomat qilayotgan 960 nafar ishsiz xotin-qizlarimizni tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarga doimiy ishlarga joylashtirdik. 276 nafar xotin-qizlarimiz obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, mahallalarga ish yurituvchi lavozimlari bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.  

Shuningdek, xorijiy davlatlardan qaytib kelgan 223 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashildi. Tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritadigan ayollarimizga banklardan kredit olishida yordam berildi. Ishsiz opa-singillarimizni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida 212 nafari “Ishga marhamat” monomarkazlari orqali hamda 395 nafari Tadbirkorlik markazi orqali kasb-hunarga o‘qitildi. Shuningdek, subsidiya ajratish orqali 124 nafar ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi.  

Tumanimizdagi 60 ming 335 nafar xotin-qizlarimizning farovon hayoti uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bu bizning asl maqsadimizdir. 

Gullola Ergasheva,  

Navbahor tuman hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.  

O‘zA