Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuvlar
10:54 / 2026-01-26

Andijon viloyatida ishsiz hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar ochilishida so‘z olgan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Komiljon Komilov mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni otaliqqa olish, ularni tashkilot rahbarlariga biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Andijon viloyatida bugungi kunda alohida e’tiborga muhtoj 3 ming 365 nafar yosh 293 nafar mas’ul tomonidan otaliqqa olingan. Shuningdek, 569 nafar tashkilot rahbariga 9 ming 880 nafar ishsiz yosh biriktirilgan.

Viloyat hokimligi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida mazkur seminar tashkil etildi.

Unda otaliqqa olingan hamda ishsiz yoshlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etib, mavjud muammolar, ularni hal etish mexanizmlari va amaliy tajribalar xususida fikr almashdi.

Seminarda mutasaddi va mutaxassislar tomonidan ana shu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish, har bir yosh bilan manzilli va tizimli ish olib borish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. 

Mas’ullarning mavzu doirasidagi bilim, malaka va ko‘nikmasini boyitishga xizmat qilgan seminarda viloyatda otaliqqa olingan hamda ishsiz yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi. 

 

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari