Ishsiz ayolning bandligi ta’minlandi
Bugun ko‘plab xotin-qizlar uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan uyida ishsiz. Hukumatimiz tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor sabab, uyda o‘tirib qolgan ayollarning ham orzulari ushalmoqda. Uyda o‘tirgan holda ham biror-bir hunarning boshini tutib, oilasiga daromad olib kirmoqda.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Avazmalik MFYda yashovchi Fotima Karimova ikki nafar nogiron farzandi borligi sababli boshqa joyga chiqib ishlash imkoni yo‘q edi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan uning ham orzulari ushaladigan bo‘ldi. Fondning qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan unga zamonaviy tikuv mashinasi olib berildi. Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan Fotima Karimova tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.