Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz aholining bandligi ta’minlanmoqda
08:07 / 2024-10-11

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Sovjironbobo mahallasida hokim yordamchisi Muhiddin Qoraqulov ko‘magida 98 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

– Mahallamiz drayveri dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi, - deydi hokim yordamchisi Muhiddin Qoraqulov. – Ishsizlikni bartaraf etishda fuqarolarni kasb-hunar markazlarida o‘qitish, ijaraga yer berish, “Har bir oila – tadbirkor” dasturidan foydalanish yaxshi samara bermoqda. Xususan, fuqaro Furqat Xurramov 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, 20 turdagi tunikabond va 50 turdagi bruschatka ishlab chiqarish va o‘rnatish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada 14 nafar xorijdan qaytgan ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Ishchi xodimlariga 5-6 million atrofida maosh berayotgan tadbirkorning oylik daromadi 120 million so‘mni tashkil etadi.

[gallery-19693]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA