Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishsiz aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinmoqda
10:00 / 2020-04-20

Termiz tumanida joriy yilning aprel oyida 531 nafar aholi jamoat ishlariga jalb etilishi rejalashtirilgan.


Surxondaryo viloyati Termiz tumanida koronavirus pandemiyasi davrida aholi bandligini taʼminlash, qoʻshimcha daromad manbai yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz tumanida joriy yilning aprel oyida 531 nafar aholi jamoat ishlariga jalb etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga 50 ta, sanitariya-epidemiologiya markaziga 25 ta, fermer xoʻjaliklariga 42 ta, “Termiz Agro pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 100 ta, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashiga 5 nafar, karantinga olingan oilalarga 38 nafar, tumandagi mahallalarga 296 nafar ishsiz fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Termiz tumanida yengil konstruksiyali issiqxona tashkil etish, qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun urugʻlik va koʻchatlar, sugʻorish vositalari xarid qilish uchun 16 nafar fuqaroga 32 million 880 ming soʻm mablagʻ toʻlab berildi.

Tumandagi “Jalol Omad Termiz” MCHJga xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun 22 nafar 30 yoshgacha boʻlgan ayollar ishga joylashtirilib, har biriga 892 ming soʻmdan pul mablagʻi berildi. Xuddi shunday Termiz tumanidagi “ZIF TEXTILE” MCHJga 300 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilib, ish haqlari tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan moliyalashtirildi.

Kam taʼminlangan oilalar uchun tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi birlashmalari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish boʻyicha 50 nafar ishsiz, xorijga ishlash uchun keta olmagan mehnat migrantlari aʼzo sifatida biriktirilib, har bir aʼzo (oila) uchun ulush sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida subsidiya ajratish ishlari boshlandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Termiz tumanida boʻlib, mazkur ishlarning tashkil etilishi bilan tanishdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati