Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Samoydin Husenov saylovchilar bilan uchrashdi.
Dastlab ishonchli vakil saylovchilarni Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi bilan tanishtirdi. Saylovoldi dasturining barcha yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Dasturda mamlakatimizda keyingi 5 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan maqsad va vazifalar qamrab olingan.
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan «Azim Shofirkon yulduzi» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi rahbari Mirjalol Qo‘ndiyev, mahalliy hunarmandlardan, «Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Ra’no Adizova, partiya faoli Roziya Shoyeva, mahalliy Kengash deputatlaridan Akbar Elmurodov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatladi. Barcha saylovchilarni Prezident sayloviga faol ishtirok etish va Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.
Uchrashuvda “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Zarif Komilov, O‘zA