French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonchli vakil saylovchilar bilan uchrashdi
16:50 / 2023-06-13

Shu kunlarda barcha hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Jaloyir” mahalla fuqarolar yig‘inida Prezidentlikka O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovning ishonchli vakili Baxtiyor Toshev bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Ishonchli vakil yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirib, saylovoldi dasturining asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtaldi.  

Nomzod dasturi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi ustuvor g‘oya va maqsadlariga asosan ko‘p ming sonli a’zolari, boshlang‘ich tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlar, elektorat va keng jamoatchilik vakillari fikr-mulohazalari, takliflariga muvofiq shakllantirilgan.  

Dasturda mamlakatimizda ijtimoiy adolat, tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, dasturda har bir shaxsning uy-joy, kommunal xizmatlar, zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy yordam, madaniyat va sport, munosib ish haqi olishga bo‘lgan huquqlarini adolatli va teng ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha muhim qonunlarni qabul qilish va ularni amalda ijrosini ta’minlash eng muhim masala sifatida ilgari surilgan.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar  saylovchilarni joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Inoyatovga ovoz berishga chaqirdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA