Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonchli vakil Qonliko‘l tumanida uchrashuv o‘tkazdi
19:43 / 2021-10-02

Qonliko‘l tumani Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning Qoraqalpog‘istondagi ishonchli vakili, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Tajibay Romanovning saylovchilar bilan uchrashuvi bӯlib ӯtdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Qayd etilishicha, nomzodning saylovoldi dasturida ta’lim-tarbiya sohasida, davlat boshqaruvi tizimida, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash, tashqi siyosat sohalarida qator yangi o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, dasturda «Ta’lim inspeksiyasi» Oliy Majlis huzurida qayta tashkil qilinishi, pedagoglar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinishi, tarbiyaning ajralmas qismi sifatida Milliy kinoindustriya  isloh qilinishi belgilanganligi ta’kidlandi.

Shuningdeye, saylovoldi dasturida davlat boshqaruvi tizimida mahalliy kengashlarning vakolatlari va faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi, sud-huquq tizimida tub islohotlar amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Uchrashuv so‘ngida ishonchli vakil yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Saylovchilar bilan uchrashuv Shumanoy tumanida ham bӯlib ӯtdi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA