Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonchli vakil kattaqo‘rg‘onlik saylovchilar bilan uchrashdi
10:00 / 2021-09-29

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Kattaqo‘rg‘on shahrida saylovchilar bilan uchrashdi.

- Oldinlari faqat xalq degan tushuncha bor edi. Lekin bu xalq ichida aniq insonlar, ko‘rsatilgan manzillar yo‘q edi. Xalq  umumiy va mavhum tushunchaga aylangandi. Keyingi yillardagi islohotlar aniq Insonga qaratilgani bilan ahamiyatli. Tarixda birinchi marta majburiy mehnat butunlay tugatildi, inson qadri ta’minlandi. Hayot sifati ortdi, bilim olish imkoniyati yaratildi. Ehtiyojmandlarga uy-joy ajratildi. So‘z erkinligi amalda ta’minlanmoqda. O‘tgan besh yil tarixga tiklanish va taraqqiyot davri bo‘lib kirishiga ishonaman, - dedi Rustam Xolmurodov.

Uchrashuvda mamlakatimiz ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, Kattaqo‘rg‘on rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Hozirgi kunda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 144 taga yetdi. Birgina  Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining  ochilishi hudud aholisi uchun ulkan imkoniyatdir.

Fazilat Abdullayeva, mehnat faxriysi, “Do‘stlik” ordeni sohibi:

- Oxirgi 5 yilgi o‘zgarishlarni barchamiz ko‘ryapmiz. Hozir hatto uzoq qishloqlarda ham sanoat korxonalari ishga tushayapti. Odamlarda ertangi kunga ishonch ortdi. Mahalla katta o‘zgarishlar maydoniga aylandi. Taraqqiyotimiz yanada shiddat bilan davom etishi uchun saylovda o‘zim tanlagan nomzodga ovoz beraman.

   Muxlisa Habibullayeva, Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali talabasi:

- Bu yil eng katta orzularimdan biri  talabalik baxtiga muyassar bo‘ldim. Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ochilishi men uchun ayni muddao bo‘ldi. Bugun ota-onamning ko‘zi oldida ta’lim olayapman. Barchasi mamlakatimizda inson manfaatini ko‘zlab amalga oshirilayotgan imkoniyatlar tufayli. Men ta’lim uchun, xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor uchun, o‘z kelajagim uchun saylovda eng ishonchli nomzodga ovoz beraman va barcha tengdoshlarimni saylovda faol bo‘lishga chaqiraman.

  

Otabek Sa’dullayev

Shavkat Akramov (surat)