Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonchi har qanday to‘siqni yenga oladi
16:26 / 2025-04-08

Buxoro shahrining Moxixossa mahallasida yashovchi Fotima Choriyeva 2-guruh nogironiligi bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mehnatsevarligi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan yoshlardan.

Unga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi tomonidan yordam ko‘rsatildi. Psixologik suhbatlar, motivatsion mashg‘ulotlar va individual yondashuv orqali Fotima o‘zida hayotga nisbatan ijobiy qarash hissini shakllantirdi. Psixolog va ijtimoiy xodim birgalikda uning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlariga ariza topshirdi. Natijada, 2024 yil iyul oyidan boshlab Fotima Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazida faoliyat yurita boshladi.

Bugungi kunda u oliy ta’lim muassasasining 3-bosqichida, tarix yo‘nalishida tahsil olmoqda. Ta’lim olish va mehnat faoliyatini bir vaqtning o‘zida olib borayotgan Fotima kelajakka umid bilan qaramoqda.

Yaxshi tashkil etilgan psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi va, albatta, insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi har qanday to‘siqlarni yengishga qodirligi bor haqiqatdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.