English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch va orzu-umidlar poydevori (+video)
16:37 / 2024-10-15

Qariyb o‘n yildan buyon ish topolmay kelayotgan, nogironligi bo‘lgan Izzat Ashirboyev Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ishga olindi.

Asosiy vazifasi bino, mebel va elektr jihozlarni saqlash, ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga u markaz hovlisida gulu rayhonlar ekib, parvarishlaydi. Obodonlashtirish yumushlarida bosh-qosh.

Muhimi, Izzat Ashirboyevning hayoti o‘zgardi, o‘ziga ishonch paydo bo‘ldi, qalbida nekbin orzu-umidlar uyg‘ondi. Bugun u ishlab, yon-atrofdagilarga nafi tegib, jamiyat uchun kerakligini his qilayotganidan mamnun.

[gallery-19752]

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F5wgn4_2xHY" title="Ishonch va orzu-umidlar poydevori" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA