Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch va islohotlarga yo‘l xaritasi
08:10 / 2025-12-27

Munosabat

Yakunib yetib borayotgan 2025 yil poyonida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqimizga yo‘llangan navbatdagi Murojaatnoma nafaqat hisobot, balki kelajakka qaratilgan aniq maqsad va qat’iy islohotlar dasturi sifatida jamiyat ongida chuqur aks sado berdi. Bu murojaat – davlat bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotning yana bir yorqin namunasi, odamlar dardi va orzulari markazga qo‘yilgan siyosiy hujjat bo‘ldi.

Ayniqsa, Murojaatnomada “Davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi shart”, degan tamoyil yana bir bor qat’iy ta’kidlandi. Bu so‘zlar qog‘ozda qolib ketmasdan, hayotga tatbiq etilayotgani – fuqaro sifatida biz uchun eng muhim masaladir.

Murojaatnomada iqtisodiy barqarorlik, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida urg‘u berildi. Soliq yukini yengillashtirish, kichik biznesga keng imkoniyatlar ochish orqali aholi daromadini oshirish – bugungi kunda har bir oilaning turmush darajasi bilan bevosita bog‘liq. Bu esa faqat raqamlar emas, balki millionlab insonlarning hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar demak.

Ijtimoiy sohada belgilangan vazifalar esa murojaatning eng ta’sirli jihatlaridan biri bo‘ldi. Ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qarorlar har bir fuqaroning ertangi kuniga ishonchini mustahkamlaydi. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani – jamiyat taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega.

Yurtboshimiz Murojaatnomasida mahallalarni rivojlantirish, hududlarda muammolarni kompleks hal etishga qaratilgan yondashuv ham nihoyatda qimmatlidir. Bu – odamlar muammosi yuqori idoralarga chiqmasdan, joyida hal etiladigan tizim shakllanayotganidan dalolat. Fuqaro sifatida biz bunday yondashuvni yillar davomida kutgan edik.

Eng muhimi, murojaat umid uyg‘otdi. U so‘zda emas, amalda islohot qilishga bo‘lgan qat’iy irodani namoyon etdi. Chunki bugun Yangi O‘zbekistonda qarorlar qabul qilinishi bilan birga, ularning ijrosi ham jamoatchilik nazorati ostiga olinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning 2025 yildagi Murojaatnomasi – bu shunchaki siyosiy nutq emas. Bu – xalq bilan tuzilgan ochiq kelishuv, kelajakka yo‘naltirilgan aniq yo‘l xaritasi. Fuqaro sifatida bizdan talab etiladigani esa bitta: islohotlarga befarq bo‘lmaslik, o‘z mas’uliyatimizni his qilish va yangilanish jarayonida faol ishtirok etishdir. Zero, kuchli davlat – faol fuqarolar bilan barpo etiladi.

Obidxon Husanxo‘jayev, 

Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, 

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. O‘zA.