Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch telefoniga kelgan murojaat ijobiy hal etildi
11:18 / 2022-02-20

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishonch telefoniga kelgan fuqaro M.A.ning murojaati Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

– O‘rganish davomida To‘rtko‘l tumani madaniyat bo‘limining ma’lumotnomasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 yanvar holatiga, fuqaro M.A.dan 32 million 795 ming 313 (o‘ttiz ikki million yetti yuz to‘qson besh ming uch yuz o‘n uch) so‘m ustama to‘lov qarzdorligi mavjudligi aniqlandi, – deydi tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Mansur Nuraddinov.

 – Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori 11-bandida 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ushbu xarajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish turlari joriy etilgan.

Ya’ni, ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha – 0,1; 5 yildan 10 yilgacha – 0,2; 10 yildan 15 yilgacha – 0,3; 15 yildan ortiq – 0,4;

Shuningdek, xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan o‘rnatiladigan, lavozim maoshidan (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama, har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar, har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari, deb belgilangan.

Murojaatni o‘rganish natijasida tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga ariza kiritilib, fuqaro M.A.ga hisoblangan, lekin to‘lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan 32795313 (o‘ttiz ikki million yetti yuz to‘qson besh ming uch yuz o‘n uch) so‘m ustama to‘lovni undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA