Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ishonch telefon”lariga kelib tushgan murojaatlar bir soatda hal etilmoqda
13:07 / 2020-03-25

Xabaringiz bor mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin davrida aholining osoyishtaligini taʼminlash maqsadida joylarda davlat soliq organlari xodimlari narxlarning asossiz oshirilishini oldini olish va unga yoʻl qoʻyilmaslik ustidan tizimli ishlarni olib bormoqda.

Xabaringiz bor mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin davrida aholining osoyishtaligini taʼminlash maqsadida joylarda davlat soliq organlari xodimlari narxlarning asossiz oshirilishini oldini olish va unga yoʻl qoʻyilmaslik ustidan tizimli ishlarni olib bormoqda.

Buxoro viloyati DSB Axborot xizmatining bildirishicha, Buxoro viloyatida tashkil etilgan maxsus shtabda jami 30 nafar xodim aynan shu masalada bozorlarga biriktirilgan holda narx-navoni asossiz oshirish holatlarining oldini olmoqda. Shuningdek, murojaatlarni qabul qiladigan “Ishonch telefon”lariga kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartib boʻyicha 10 kun yoki 15 kun emas balki, yarim, uzogʻi bilan 1 soatda joyida bartaraf etilmoqda.

Tahlillarga koʻra viloyat davlat soliq organlarining “Ishonch telefon”lariga joriy yilning 15-23-mart kunlari oraligʻida joylarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshirilib sotilishi holatlari yuzasidan jami 100 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Achinarlisi, murojaatlarning aksariyati tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, paytdan foydalanib moʻmay daromad topishni koʻzlagan hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni boshlagan fuqarolar hatti-harakati yuzasidan bildirilgan.

Murojaatlar yuzasidan viloyat davlat soliq organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 6 ming 372 kilogramm, umumiy qiymati 33 million soʻmlik kartoshka va piyoz mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, mahsulotlar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi.

Toʻplangan hujjatlar esa huquqbuzarlarga tegishli chora koʻrish uchun sudga yuborildi.

Ayni paytda, Buxoroda davlat soliq xizmati organlari vaziyatni doimiy nazorat olib, ushbu yoʻnalishda nazorat profilaktik tadbirlarini davom ettirmoqda.