French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ishonch” ijodkorlari mushtariylar bilan birga
17:03 / 2023-10-09

“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari ijodiy jamoasining farg‘onalik gazetxonlar bilan uchrashuvi samimiyatga boy ruhda o‘tdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat kengashida tashkil etilgan tadbirda kasaba uyushma faollari, gazeta mushtariylari va gazeta tarqatuvchilar yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.

Dastlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonova mamlakatimiz yetakchi nashrlaridan biriga aylangan “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari o‘zining dizayni, rang-barang, o‘qishli materiallari bilan mushtariylar qalbidan joy olayotganini e’tirof etdi. Ushbu gazetalar bosh muharriri H. Ermatov matbuotning jamiyatdagi o‘rni, gazetalarda chop etilayotgan dolzarb maqolalar, gazetalarning mushtariylar qo‘liga yetib borishigacha bo‘lgan jarayonlarga to‘xtalib o‘tdi. Gazetaning mazmun-mundarijasini yanada boyitish borasidagi taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

[gallery-13921]

- Sevimli nashrimiz hisoblangan “Ishonch” ham o‘z obunachilari, o‘quvchilariga ega. Oxirgi paytda gazetada tahliliy tanqidiy maqolalarning soni keskin oshdi, - deydi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Quvasoy shahar kengashi raisi Rahmatjon Niyozov. - Shuningdek, gazeta sahifalarida taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘layotgan omillar, yon-atrofimizdagi ijtimoiy muammolar dadil ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, kasaba uyushmalari hayotiga doir “Kasaba uyushmalari aralashgach...”, “Kasaba uyushmalari yetakchilari haqida hikoyalar” kabi mavzularda berilayotgan maqolalarni qiziqib o‘qiyapmiz. Ular orqali o‘zimiz uchun ham, ish faoliyatimiz uchun ham ko‘p narsani o‘rganyapmiz.

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar