Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ishonch 2030” loyihasi ijrosi o‘rganildi
14:14 / 2025-12-19

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini joylarda o‘rganish maqsadida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari va jamoasi, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat “Ishonch” jamg‘armasi boshqaruv qo‘mitasi hamda bir qator vazirlik va idoralar mas’ullari Buxoroga tashrif buyurdi.  

“Ishonch 2030” loyihasi asosida Buxoro viloyatidagi tug‘ruq komplekslari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangani, shuningdek, bu uskunalarning amaliyotda qo‘llanilishi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur tashabbus onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mehmonlar Buxoro shahri tug‘ruqxonasida bo‘lib, “Ishonch” jamg‘armasi orqali yetkazib berilgan tibbiy uskunalar, ulardan foydalanish jarayoni hamda tibbiy amaliyotdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdi.  

Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Hafiza Ortiqova hamrohlik qildi. Qayd etilganidek, mazkur zamonaviy tibbiy uskunalar tug‘ruqxonada ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, asoratlarni barvaqt aniqlash hamda onalar va chaqaloqlar salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA