FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi Farhod Bekimbetov asalarichilik sohasida ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkor sifatida tanilgan. Ota kasb sifatida boshlangan mashg‘ulot bugun barqaror daromad manbaiga aylangan.
Ayni paytda u 550 ta asalari qutisida bol ari parvarishlamoqda. Mavsum davomida har bir uyadan o‘rtacha 15–20 kilogramm asal olinib, yil yakunida 300–400 kilogramm sifatli mahsulot yetishtirilmoqda.
Tadbirkor asalarichilik bilan cheklanib qolmasdan, ushbu soha uchun zarur bo‘lgan asalari uyalari, ramkalar va asbob-uskunalarni ham o‘z qo‘li bilan tayyorlamoqda. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-27441]
Farhod Bekimbetovning asalari qutisi Qorao‘zak, Taxtako‘pir va Xo‘jayli tumanlarida ham joylashgan. U asalchilikni tabiat bilan uyg‘un faoliyat sifatida olib borib, sohada amaliy tajribasi bilan boshqalarga ham o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Quvonarlisi, tadbirkor 50 nafardan ortiq shogird yetishtirgan bo‘lib, ular bugun mustaqil ravishda asalchilik bilan shug‘ullanmoqda. Uning farzandlari ham ota kasb sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirib, oilaviy tadbirkorlikni davom ettirmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA