Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlashning yangi tizimi: muammolar hal etilmoqda
10:42 / 2021-08-11

Jizzaxda Davlat kadastrlari palatasi komplayens nazorati, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan ishlashning yangicha tizimi asosida Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Zarbdor va Paxtakor tumanlari bir guruh fuqarolarining kadastr masalalari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Joriy yilning 23 iyulida Prezidentimiz raisligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, “Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart” ekanligini alohida ta’kidlab, mutasaddi rahbarlar zimmasiga qator vazifalarni yukladi.

Ana shu videoseloktr yig‘ilishida kadastr sohasiga oid aholi murojaatlari o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobar oshgani aytilib, murojaatlarning deyarli 82 foizi tushuntirish berish orqali “yopib” yuborilgani e’tirozga sabab bo‘lgan edi.

Mazkur yig‘ilishdan so‘ng Jizzax viloyatida ham fuqarolarning kadastrga oid murojaatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Odamlarni rozi qilish asosiy maqsad. Xalqimizni ko‘p yillardan buyon o‘ylantirib, tashvishga solib kelayotgan muammolarga yechim topilib, yurtdoshlarimizning farovon turmush kechirishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda.

 Murojaatchilarning kadastr masalalari bilan bog‘liq muammolari ko‘rib chiqilgach, shu joyning o‘zida muammolar ijobiy yechim topdi.

 – Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilgani sababli, biz fuqarolarning haftalab va hatto, oylab o‘z yechimini topmayotgan murojaatlarimizga yechim topilmoqda, – deydi Sharof Rashidov tumani “Qangli” mahalla fuqarolar yig‘ini “Charog‘on” ko‘chasida yashovchi Oysha Abdualimova. – Sobiq turmush o‘rtog‘imning nomida Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk – uy borligi sababli farzandlarim ta’minoti uchun nafaqa puli ololmasdan kelayotgan edim. Oylar davomida hal bo‘lmay kelayotgan ushbu masala bugungi o‘rganishlar jarayonida o‘zining ijobiy yechimini topdi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA