Darhaqiqat, sudlar tomonidan ishlarni keng aholi vakillari ishtirokida ko‘rilishi bu o‘z navbatida aholining huquqiy ongini oshirish, jinoyat sodir etilishini oldini olishga, huquqiy savodxonligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi raisi Sh.Mamirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan ayblangan B.S. va M.R.larga oid jinoyat ishini Navoiy shahar, “Humo” MFY binosida mahalla fuqarolarining ishtirokida sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Sayyor sud majlisida fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni sodir etilishini oldini olishga, shuningdek jinoyatchilikning sodir etilishiga imkon beruvchi omillar va shart-sharoitlar hususida gapirib, ularni ogohlikka chaqirdi.
Shuningdek, shahar sudi raisi Sh.Mamirov yig‘ilish ishtirokchilariga “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6127-sonli Farmoni, korrupsiya va odom savdosi, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-679-sonli qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Sherzod Mamirov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navoiy shahar sudi raisi