O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 oktyabrdagi “Suv resurslari yo‘qotishlarining oldini olish hamda irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta kanalni 2025-2026 yillarda betonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining xulosasiga asosan, 43,8 km uzunlikdagi 4 ta kanalni betonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari 74 milliard 968 million so‘mni tashkil etadi. 2026 yilning 16 yanvaridan boshlab, mazkur ob’ektlarda kanallarni betonlash ishlari boshlab yuborildi. Bugungi kunda 14,20 km uzunlikda beton quyishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, shundan 7.3 km uzunlikda beton yotqizish ishlari amalga oshirildi. Joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan betonlash ishlari jadallashtirilgan jadvallar asosida tashkil qilinib, qurilish-montaj ishlarini sifatli yakunlash choralari ko‘rilmoqda.
Chimboy tumanidagi “Tag‘ jap” kanalini 13,3 km uzunlikda betonlashtirish ishlariga 20 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu ishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 12 noyabrdagi majlis bayoni asosida “Ellikqal`a maxsus suv pudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh pudratchi etib tayinlandi.
Mazkur kanal 1938 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 13,3 km bo‘lib, unda 45 dona gidrotexnik inshoot mavjud. Loyihaviy suv o‘tkazish qobilyati 4,0 m3/sek, kanalning suv olish manbasi “Kegeyli” kanali bo‘lib, unga bog‘langan maydon 4 ming 136 gektarni tashkil etadi.
Kanal uzoq yillar mobaynida xizmat ko‘rsatishi natijasida loyihaviy parametlari o‘zgargan, suv o‘tkazish qobiliyati pasayib, filtiratsiya ko‘rsatgichlari oshgan. Kanalning suv to‘suvchi va suv olish inshootlarining darvozalari karroziyaga uchragan va darvoza yopilgan holatda ham inshootdan suv oqib turadi. Ushbu salbiy holatlar yiliga o‘rtacha 2,5 mln.m3 hajmdagi suvning isrof bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Kanalning 13,3 km qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirilishi natijasida uning foydali ish koeffitsiyenti 0,90 gacha yetkaziladi hamda 16 ta fermer xo‘jaligi va 4 ming 355 nafardan ortiq aholi tomorqalarining 4 ming 136 gektar ekin yer maydonida suv ta’minoti yaxshilanadi. Yiliga 2,5 mln.m3 hajmdagi suvning filtratsiya hisobiga hamda gidrotexnik inshootlarning talabga javob bermasligi oqibatida yo‘qotilishi oldi olinib, ekin dalalariga kafolatli suv yetkazilishi ta’minlanadi.
Bugungi kunda ob’ektda 2,250 km uzunlikda beton quyishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, shundan 1.09 km uzunlikda beton yotqizish ishlari amalga oshirildi. Ob’ektda 6 dona ekskavator va 6 ta boshqa texnika mavjud, 30 nafar mutaxassis ishlamokda.
Shumanay tumanidagi “Ak jap” xo‘jaliklararo kanalini 8 km uzunlikda betonlashtirish ishlariga 16 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 12 noyabrdagi majlis bayoni asosida “To‘rtko‘lli Nuratdin Ekskavatorchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh pudratchi etib tayinlangan. Kanal 1947 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan. Umumiy uzunligi 8 km, loyihaviy suv o‘tkazish qobiliyati 5,0 mZ/s, suv olish manbasi Shumanay kanali hisoblanadi. 4 ming 937 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga xizmat ko‘rsatadi. Kanalda 39 dona suv tarqatish inshooti, 3 dona suv to‘suvchi inshoot mavjud.
“Aq jap” kanali uzoq yillar mobaynida xizmat ko‘rsatish natijasida loyihaviy parametlari o‘zgargan, suv o‘tkazish qobiliyati pasayib, filtiratsiya ko‘rsatgichi oshgan. Kanaldagi salbiy holatlar natijasida yiliga o‘rtacha 3,7 mln.m3 hajmdagi suv isrof bo‘lmoqda.
[gallery-27209]
Kanal betonlashtirilgandan keyin suvning tezligi oshib, yiliga 3,7 mln.m3 hajmdagi suvning filtrizatsiya hisobiga yo‘qotilishi oldi olinishi natijasida “Aq jap” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi fermer xo‘jaliklari xamda aholining 4 ming 937 gektar maydoni kafolatli suv bilan ta’minlanishiga erishiladi.
Bugungi kunda ob’ektda 4,7 km uzunlikda beton quyishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, shundan 1,39 km uzunlikda beton yotqizildi.Ushbu ishlarda 7 dona ekskavator va 5 ta boshqa texnika mavjud, 24 nafar ishchi xodim mehnat qilmoqda.
Qaror asosida Nukus tumanidagi “Sorali”, Taxiatosh tumanidagi “Yeski Keneges” kanallarini betonlashtirish ishlariga tegishli mablag‘ ajratilib, bosh pudratchi “Max Elit Stroy” hamda “Voris China” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining qo‘shma korxonalari tomonidan betonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video), O‘zA