Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarishda o‘lchov vositalari muhim mezon
08:18 / 2025-12-27

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Namangan filiali tomonidan hududdagi ishlab chiqarish korxonalarida mavjud o‘lchov vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda respublika milliy metrologiya instituti tizimida jami 16 ta hududiy filial faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning faol tashkilotlaridan biri sanalgan Namangan filiali tarkibida 24 nafar xodim ish olib boradi. Shulardan 17 nafari davlat qiyoslovchi maqomiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis ekanligini aytib o‘tish joiz.

So‘ngi davrda issiqlik, bosim, fizik-kimyoviy, kuch va mexanik, vaqt va harakat parametrlari hamda geometriya yo‘nalishlari bo‘yicha 16 nafar xodimning malakasi oshirildi. Uchta texnik yo‘nalishda foydalanish uchun namunaviy o‘lchash vositalari xarid qilindi. Umuman olganda, filialda jami 12 ta qiyoslash laboratoriyasi bo‘lib, ular orqali 13 ta yo‘nalish bo‘yicha qiyoslash ishlari amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Namangan filiali viloyatdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqin hamkorlikda ish yuritib keladi. Chust tumani hududida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Ifoda agrokimyo himoya” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini o‘simliklarni himoya qilish vositalari sohasida amalga oshirib kelayotgan, tajribali va innovatsion korxona hisoblanadi. Bu yerda mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-agronomik maslahatlar ko‘rsatish, xorijdan urug‘lar olib kelish, shuningdek, turli xil mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mazkur sohada oshirilayotgan mazkur hamkorliklar metrologik xizmatlar sifatini yanada oshirish, ishlab chiqaruvchilarga zamonaviy va ishonchli texnik ko‘mak ko‘rsatish, shu orqali Namangan viloyatida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.