Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish quvvati oshirilmoqda (+video)
08:12 / 2026-01-22

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Vodiy Marhabo” MCHJ avtoklav gazoblok ishlab chiqarish korxonasini 2024 yilda qurib foydalanishga topshirgan edi.

O‘zbekistonda uy-joy qurish hajmi so‘nggi yillarda bir necha martaga oshib ketdi. Qolaversa, yangi turdagi qurilish materiallari joriy etildi. Shu ikki omil Toshloqdagi avtoklav gazoblok zavodini ma’lum muddatga to‘xtatib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni taqozo etdi.

– Ilgari bir kecha-kunduzda 250-300 kub gazoblok ishlab chiqarar edik. Talab keskin oshgani uchun 4 ta avtoklavga yana 2 ta yangisini qo‘shib 6 taga yetkazyapmiz, – deydi ish yurituvchi Dilmurod Ismoilov. – Endi korxonaning bir kunlik quvvati 450-500 kubometrga yetadi.

Buning uchun Toshloqqa Xitoydagi doimiy hamkorlaridan yangi uskunalar sotib olishdi. Mavjud liniyani qayta montaj qilib avtoklavlar yo‘lagini uzaytirmoqdalar. Mutaxassislar O‘zbekistonda ko‘p qavatli uy-joy qurilishida g‘ishtdan tamomila voz kechib, gazoblokka o‘tilayotganini ta’kidlashmoqda. Sababi u ham arzon, ham qurilish muddatini qisqartiradi.

“Vodiy Marhabo” MCHJning avtoklav gazoblok zavodi Toshloqdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi o‘nlab ishlab chiqarish korxonalarining biri, xolos.

– 2025 yilda tumanda jami 111 mln.dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning 89 mln. dollari sanoat yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Investitsion loyihalar tufayli amalga oshirilgan eksport mahsulotlari qiymati esa 28,9 mln.dollarni tashkil etdi, – deydi Investitsiya boshqarmasining Toshloq tumanidagi vakili Ilhom Abdulazizov.  

<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/nmWUoOVqEdI" title="Ishlab chiqarish quvvati oshirilmoqda (+video" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA