Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish korxonasida 140 kishi ishli bo‘ladi
16:50 / 2022-11-28

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida “G‘ijduvon agroklaster yog‘-moy” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 4,4 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur ishga jamiyatning o‘z mablag‘idan tashqari “Agrobank”ning 10 milliard so‘mlik kredit mablag‘i ham sarflandi.

– Loyihamiz to‘la quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 50 ming tonna chigitni qayta ishlab, 11 ming tonna sifatli yog‘, 29 ming tonna shrot, 20 ming tonna sheluxa ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi, –deydi “G‘ijduvon agroklaster yog‘-moy” MCHJ rahbari Farrux Teshayev. – Yiliga 12,4 million AQSH dollarlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, byudjetga 1 million AQSH dollardan ortiq tushumlar tushishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, yiliga 8,8 million AQSH dollarlik import qilinayotgan yog‘ mahsulotlari qisqartirilishiga erishiladi. Muhimi 140 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Korxonaning ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, sektorlar, jamiyat ishchi-xodimlari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar mazkur zavod aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirish, bozorlarni raqobatbardosh, sifatli xalq iste’mol mollari bilan to‘ldirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilganlar korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA