Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi
17:35 / 2023-07-17

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘rta Chirchiq tumanidagi bir nechta ishlab chiqarish ob’ektlar faoliyati bilan tanishib, qurilayotgan binolarni ko‘zdan kechirdi.

Hokim dastlab umumiy qiymati 40 milliard so‘m bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 50 milliard so‘mni tashkil etadigan “Turkiston” MFYdagi “Qorasuv mebel savdo” oilaviy korxonasi faoliyati bilan qiziqdi. Mazkur korxonada tayyorlanayotgan mebel mahsulotlari aholi xonadonlari va turli tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik eksport hajmi 1 million dollarga teng. Korxonada hozir 300 nafarga yaqin ish o‘rni yaratilgan.  

Kelgusida korxonani rivojlantirish rejalari ishlab chiqilgan. Buning uchun yana 1,5 gektar maydonda 50 sexdan iborat “mikromarkaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan. Natijada 160 nafar oila vakillari o‘qitib, bandligi ta’minlanadi. Shuningdek, Zoyir Mirzayev “Xalqobod” MFYdagi paypoq ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.  

Ma’lumot o‘rnida, tekstil sanoati viloyatimizda jadal rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Joriy yil boshidan buyon hududda 10 dan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirildi, ularning eksport salohiyati ortib bormoqda.  

A.Musayev, O‘zA