Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish kengaymoqda
15:11 / 2015-06-18

Samarqand shahrida 2013-2016-yillarda hududning sanoat salohiyatini oshirish dasturini ro‘yobga chiqarish ishlari izchil olib borilmoqda.

Samarqand shahrida 2013-2016-yillarda hududning sanoat salohiyatini oshirish dasturini ro‘yobga chiqarish ishlari izchil olib borilmoqda.

Ana shu dastur asosida  “Sabina-S  xususiy korxonasida MDF eshiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Loyiha qiymati 250 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, uni amalga oshirishda “Ipoteka-bankning moliyaviy ko‘magi katta bo‘ldi.

– Korxonamiz ayni paytga qadar mebelsozlar uchun maxsus xomashyo tayyorlab berish va uy-ro‘zg‘or hamda ofis mebellari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan, - deydi “Sabina-S xususiy korxonasi rahbari Sodiq Abdusamadov. – Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib, ishlab chiqarish turi va hajmini oshirmoqdamiz. Xaridorlarga ularning talablaridagi mahsulot taqdim etish maqsadida maxsus savdo markazi ham tashkil etdik. Hozirda korxonada o‘ttiz ishchi doimiy daromad manbai bilan ta’minlangan.