Ishlab chiqarish kengaymoqda
Jizzax viloyatida 2016-yilning to‘qqiz oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 372,9 milliard so‘m, jumladan, sanoat sohasini rivojlantirish uchun 64,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Jizzax viloyatida 2016-yilning to‘qqiz oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 372,9 milliard so‘m, jumladan, sanoat sohasini rivojlantirish uchun 64,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.Jizzax shahridagi “Jannati bibixonim” tikuvchilik korxonasi “Asakabank”ning 125 million so‘mlik kredit mablag‘i evaziga faoliyatini kengaytirdi. Korxonaga xorijdan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi.
Yangi sex ishga tushirilishi bilan korxonada mahsulot turi yana to‘rttaga ko‘paydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan 2016-yilning to‘qqiz oyida buyurtmachilarga 257 million so‘mlik kiyim-kechak va ko‘rpa-to‘shak mahsulotlari yetkazib berildi.
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni faoliyatimizni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi korxona rahbari Nargiza To‘ychiyeva. – Ayni paytda buyurtma asosida maktabgacha ta’lim muassasalari va shifoxonalarga ko‘rpa-yostiq va boshqa yumshoq jihozlar yetkazib bermoqdamiz. 9 ishchi mehnat qilayotgan korxonamizda yangi loyiha amalga oshirilgach, yana 2 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi.