Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “GIDRO-STANKO-SERVIS” MCHJda yengil va yuk mashinalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.
Ayni paytda korxonada kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turda ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. E’tiborlisi, bugungi kunda korxona jamoasi mahsulotlar turini ko‘paytirishga harakat qilmoqda.
[gallery-24675]
Korxonaga qator rivojlangan davlatlardan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgani va ishlab chiqarish jarayoniga malakali mutaxassislar jalb etilgani ish samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Siroj ASLONOV olgan suratlar.