Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
05:55 / 2023-07-05

Mamlakatimizdagi eng yirik quvvatlardan biri – “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida ayni paytda 3 yarim mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

Bugungi kunda ular tomonidan “NMZ” yorlig‘i ostida ishlab chiqarilayotgan  metall va yog‘ochga ishlov beruvchi dastgohlar, avtomobillar uchun murakkab detallar hamda boshqa yuqori sifatli mahsulotlar nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir.

Xususan, zavoddagi asbobsozlik sexi ilk qaldirg‘och bo‘linmalardan biridir. Hozirda sexning 168 nafar yuqori malakali ishchi-xodimi 200 turdan ortiq mahsulotlarni tayyorlab, asosiy va yordamchi sexlarni kerakli asbob-uskunalar hamda  moslamalar bilan ta’minlab kelmoqda.  

[gallery-12595]

– Faoliyatimizning bosh talabi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat - deydi sex boshlig‘i Fahriddin Rahmonov. –  Shuningdek, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e’tibor qaratyapmiz. 2013 yilda sex rekonstruksiya qilindi. 2019 yilda esa xalq ehtiyoji mollari uchastkasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va o‘zlashtirishni ko‘paytirish maqsadida tajriba uchastkasi tashkil etildi. Ayni paytda avtomat tushirgichlarning detallari ham shu uchastkada tayyorlanmoqda. Ish  hajmi yildan-yilga oshib boryapti. Jumladan, 2021 yilda 6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 8,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

 

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA