French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ISHIDning soʻnggi rejimidan yuzlab odam evakuatsiya qilindi
18:29 / 2019-02-21

ISHID terrorchi guruhi tomondan ushlab turilgan ayollar va bolalardan iborat boʻlgan yuzlab asirlar xavfsiz joyga olib kelindi.

ISHID terrorchi guruhi tomondan ushlab turilgan ayollar va bolalardan iborat boʻlgan yuzlab asirlar xavfsiz joyga olib kelindi.

Xabarlarga koʻra, chorshanba kuni ISHID hududidan yuzlab odamlar 17 ta yuk mashinalari orqali Suriyaning shimolidagi Baghuz qishlogʻiga olib kelingan.

Suriya hukumat armiyasi matbuot kotibi Adnan Afrin: “yana yuzlab tinch aholi qolgan, ammo ular orasida ISHID jangchilari ham bor”, deya aytib oʻtgan.

“U yerda qolgan oddiy aholi va terrorchilar butunlay qurshab olingan, aholi orasida ISHID jangchilari yashirinib olgan, ammo biz ularni barchasini aniqlab zudlik bilan hibsga olyapmiz”, deya qoʻshimcha qilgan Adnan Afrin.