Ishga kirish ochiq tanlovlar asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa ham, «Ishga kiritib qo‘yaman», deydigan «hojatbaror»lar hali ham bor. Ammo ular huquq-tartibot organlari xodimlari nazaridan qochib qutila olmaydi.
Fuqaro M.R. fuqaro Ye.ni tanishlari yordamida perinatal markaziga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 million so‘mni olganligi, shuningdek, fuqaro Z.ga chet davlatdan stomatologik uskuna keltirib berishi evaziga 4 ming AQSH dollari va 11,8 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Departament hamda DXXning Muborak tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi AKT xodimi M.E. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA