Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishga joylashtirish uchun pora olgan shaxs qamaldi
14:15 / 2022-06-17

Qo‘qon temir yo‘l idorasida ishlovchi X.Madrahimov halol ishlash o‘rniga nafsning kuyiga uchdi. U 2021 yil 30 dekabrda H.Nosirjonovni Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi rahbarlari orqali temir yo‘l relslarini tozalovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Albatta, buning uchun 600 AQSH dollari “xizmat haqi” borligini aytgan.

H.Nosirjonovni mansabdor shaxsga pora berishga dalolat qilib, 6 million 502 ming 596 so‘mga teng 600 AQSH dollarini Dang‘ara tumanidagi savdo do‘koni oldida olganida ushlanib, firibgarlikka suiqasd va pora berishga dalolat qilganlikda aybli deb topilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmiga ko‘ra, X.Madrahimovga Jinoyat Kodeksi 25,168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi, 28,211-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan 5 yil, Jinoyat Kodeksining 59, 61-moddalariga asosan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

B. Haydarov, 
Farg‘ona viloyat sudi sudyasi