English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishdan chetlashtirilgan muddat xodimning ish stajiga kiradimi?
19:37 / 2021-08-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori Gulruh Niyazmetova aholidan sohaga oid kelib tushgan savollarga javob berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga muvofiq, agar xodim karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi tomonidan ishdan chetlashtirish mumkin.

– Qaysi hollarda ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq rasmiylashtiradi?

– Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaslik, shuningdek, karantinli va odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etish Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga asosan xodimni ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishga asos bo‘ladi.

– Ishdan chetlashtirilgan muddat xodimning ish stajiga kiradimi?

– Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga asosan ishdan chetlashtirilgan muddat xodimning ish stajiga kiradi.

– Xodimga ishdan chetlashtirilgan davrda ish haqi hisoblanadimi?

– Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA