Ishdan bo‘shatishda "qo‘shimcha kafolatlar" kimlarga berildi? (+video)
Yangi Konstitutsiyada homilador yoki yosh bolasi bor ayol xodimlarni qattiq himoya qilish belgilangan.
Yangi Konstitutsiyaning 42-moddasi 3-qismida:
- homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi deyilgan.
Bu ish beruvchilar tomonidan qisqartirishlarda homilador yoki bolasi 3 yoshga to‘lmagan ayollarni ishdan bo‘shatish kabi holatlarni oldini olishda xizmat qiladi.
"Yurist tavsiyasi" ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qm1XIMNff-o" title="Ishdan bo‘shatishda "qo‘shimcha kafolatlar" kimlarga berildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva,
H.Abduvoitov O‘zA