Kompaniyamiz “ChatGPT OpenAI” sobiq bosh direktori Sem Altman va ushbu brend asoschisi Greg Brokmanni ishga oladi, deb bayonot berdi “Microsoft” bosh direktori Satya Nadella.
“Men sun’iy intellekt sohasidagi eng ilg‘or tadqiqotchilar guruhiga rahbarlik qilish uchun Sem Altman va Greg Brokman “Microsoft”ga qo‘shilgani haqidagi xabarni baham ko‘rishdan xursandman”, - deb yozgan Nadella ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq “OpenAI” Altman juma kuni bosh direktorlikdan bo‘shatilgani haqida xabar tarqatgan edi. Ma’lum qilinishicha, Sem direktorlar kengashi bilan muloqotda ochiq bo‘lmagan, o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan. Keyinroq “Verge” nashri direktorlar kengashi Altmanni ishga qaytarish masalasini muhokama qilmoqda, deb yozdi.
“ChatGPT” chat-boti o‘tgan yil noyabr oyida ishga tushirilganda mashhur bo‘lib ketgan, bir haftaga qolmay, milliondan ziyod obunachini to‘play olgan edi.
2015 yil “OpenAI” kompaniyasi rahbarlari safiga amerikalik milliarder Ilon Mask ham qo‘shilgan, biroq keyinroq u mazkur startap bilan aloqani uzgan.