Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishdan boʻshaganlar nomiga ish haqi olganlar...
17:24 / 2020-07-06

Jumladan, boʻlimning buxgalteriya hisobi va hisobotlar sektori masʼul xodimi I.T. yanvar oyida 9,4 million soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlari ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻzlashtirgan.


Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yilning may oyida jamgʻarmaning Olmazor tuman boʻlimida ishchi xodimlarning ish haqi va boshqa birinchi darajali toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanishi, ulardan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri undirilishi oʻrganilgan.

Oʻrganish yakuniga koʻra, boʻlimning buxgalteriya hisobi va hisobotlar sektori masʼul xodimi I.T. tomonidan boʻlimda ilgari ishlab ketgan va hozirda ishlayotgan ishchi xodimlar nomiga 81,6 million soʻm ortiqcha ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hisoblangani aniqlandi. Shundan 6,9 million soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlar uchun ushlab qolingan boʻlsa, qolgan 74,7 million soʻm byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan noqonuniy ravishda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar sifatida amalga oshirilgan.

Jumladan, boʻlimning buxgalteriya hisobi va hisobotlar sektori masʼul xodimi I.T. yanvar oyida 9,4 million soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlari ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻzlashtirgan. Misol uchun, sobiq xodim Sh.A. 23.03.2018-yilda ishlab turgan lavozimidan ozod etilgan boʻlsada, uning nomiga 3,9 million soʻm, sobiq xodim U.A. 29.08.2018-yilda lavozimidan ozod etilgan boʻlsada, uning nomiga ham 2,5 million soʻm miqdoridagi ish haqi hisoblanib, naqd pul shaklida oʻzlashtirilgan.

Bosh huquqshunos maslahatchi lavozimida ishlagan S.S.ga 01.11.2018-yilda homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, 31.01.2019-yilda bir marotabalik homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun 5,7 million soʻm miqdorida nafaqa toʻlab berilgan boʻlsada, uning nomiga ikkinchi marotaba asossiz ravishda joriy yil fevral oyida 7,3 million soʻm miqdorida bir marotabalik homiladorlik va tugʻish nafaqasi hisoblanib, oʻzlashtirilgan.

Boʻlimning buxgalteriya hisobi va hisobotlar sektori masʼul xodimi I.T. juda yosh boʻlishiga qaramasdan, byudjet tashkilotlarida foydalanib kelinayotgan “UzAsbo” dasturidan “unumli” foydalangan holda, ishdan boʻshagan xodimlarni hisobdan chiqarmasdan, ular nomiga ham ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlov turlarini byudjet mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirish tajribasini puxta egallab boʻlgandan keyin, navbatdagi dasturi boʻyicha “Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlaridan ham oʻzlashtirishning amaliyotini “ustalik” bilan oʻrganayotganligi kuzatildi.

Amaldagi qonun hujjatlarida “Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” hisobidan tizim xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi belgilangan boʻlib, ushbu jamgʻarma hisobidan masʼul xodim (I.T.) tomonidan 4,7 million soʻm mablagʻni behuda sarflanishiga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Misol uchun, boʻlimning masʼul xodimi (I.T.) oʻzi uchun 2019-yilning avgust oyida 1,1 million, M.B. nomiga 1,0 million soʻm miqdorida moddiy yordam pullarini oʻzlashtirgan.

Qayd etib oʻtilganlardan tashqari, mazkur “uddaburon” xodim I.T. tomonidan 2020-yilning fevral oyida 0,6 mln. soʻm va mart oyida 1,1 mln. soʻm miqdoridagi yoʻlkira va oziq-ovqat xarajatlari uchun mablagʻlarni oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda oʻz nomiga hisoblab, oʻzlashtirib kelganligi aniqlandi.

Hozirgi kunga qadar Pensiya jamgʻarmasining Olmazor tuman boʻlimi sobiq xodimi I.T. tomonidan oʻzlashtirilgan 81,6 mln. soʻm mablagʻlardan 35,0 million soʻmi ixtiyoriy ravishda qisman davlat byudjetiga qaytarilgan boʻlib, oʻtkazilgan oʻrganishlar yuzasidan toʻplangan tekshirish materiallari va hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim qilindi.