Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ishdan asossiz bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash hamda to‘lanmay qolingan ish haqini undirish yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari ijrosini ta’minlash choralari olib borilmoqda.
Hududiy bo‘limlar ish yurituviga fuqarolarga ish haqlari undirish bilan bog‘liq 410 hujjat kelib tushgan bo‘lib, umumiy qimati 1,4 milliard so‘mni tashkil etgan. Shundan 8,1 milliard so‘mlik 85 ijro hujjati tamomlangan va 44 ijro hujjati bo‘yicha 5,1 milliard so‘m ish haqi undirib berilgan.
Ishga tiklash bilan bog‘liq 227 ijro hujjatidan 96 tasi tamomlangan. Shundan 69 tasi tamomlanib, xodimlar o‘z ishiga qayta tiklangan.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qaroriga asosan, qarzdor "T.Y.M.K" jamiyatining 9 nafar ishchi-xodimi foydasiga jami 451,6 million so‘m ish haqi to‘liq undirilgan.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
N.Abduraimova, O‘zA