Ishdagi stress va to‘yib uxlamaslik o‘lim holatiga sabab bo‘ladimi?
Myunxen Texnika universiteti mutaxassislari ishdagi stress va to‘yib uxlamaslik yurak-qon xastaliklari tufayli kuzatiluvchi o‘lim holatiga sabab bo‘lishini aniqlashdi.
Myunxen Texnika universiteti mutaxassislari ishdagi stress va to‘yib uxlamaslik yurak-qon xastaliklari tufayli kuzatiluvchi o‘lim holatiga sabab bo‘lishini aniqlashdi.
18 yil davomida kuzatilgan 25 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarga oid tadqiqot natijalari EurekAlert saytida e’lon qilingan.
Unga ko‘ra, asabiy faoliyat bilan band bo‘lganlar yurak-qon kasalliklariga 1,6 baravar ko‘p chalinadi. To‘yib uxlamaslik tufayli odam ko‘p ovqat iste’mol qilib, ortiqcha vazndan aziyat chekadi.