Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishda sifat bo‘lsa, yuqori unumdorlikka erishish mumkin
15:20 / 2025-07-08

Navoiy viloyati Shimoliy kon boshqarmasi tizimida yangi texnologiyalarni ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish borasida uzluksiz va tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 3-gidrometallurgiya zavodi Quyultirish, sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va reagentlar tayyorlash sexida ham bu borada maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sexning asosiy vazifasi maydalash sexidan kelib tushadigan bo‘tanani quyultirish, quyultirilgan bo‘tanani nasoslar yordamida sorbsiya, regeneratsiya va tayyor mahsulotlar sexiga yetkazish va ajratilgan suvni qayta texnologiya jarayoniga yetkazib berishdan iborat. Shu bilan birga temir yo‘l transportida keltirilgan turli reagentlarni qabul qilish, saqlash ishlari, prayestol va kaustik soda eritmalari, ohak suti va ohaktosh bo‘tanalarini tayyorlab, ularni ishlab chiqarish jarayoniga yetkazib berish ham sex zimmasiga yuklangan.

[gallery-24213]

– Seximizda qurilish montaj ishlari 1993-1995 yillarda boshlangan, – deydi sex boshlig‘i Bobir Shirinov. – 1995 yil 17 mayda diametri 100 metrlik quyiltirgich ishga tushirilgan va birinchi marta Sorbsiya bo‘limiga quyiltirilgan bo‘tana yetkazib berilgan. 2008 yili esa ohaktosh bo‘tanasini tayyorlash binosi ishga tushirildi. Sexda tegirmondan chiqarilgan mahsulotning sifatini yaxshilash va qum miqdorini kamaytirish maqsadida gidrotsiklonlar ishga tushirilgan va bugun bu jarayon o‘z samarasini bermoqda. Natijada ohak sarfini kamaytirishga erishilmoqda.

Hozirda 89 nafar muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qilayotgan sexda texnologik jarayonni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, texnik suvdan kam miqdorda foydalanish uchun ohaktoshni tayyorlashda aylanma suvlarni ishlatish jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Poliakrilamid tayyorlab berish jarayonida kontaktli chanlarni 3 tadan 8 taga ko‘paytirish yo‘li bilan tayyorlash jarayoni vaqti uzaytirildi. Natijada reagent sifati yaxshilandi va quyultirish jarayoni quvvati sutkasiga 23 mingdan 28 ming tonnagacha ko‘tarildi.

Ohaktosh bo‘tanasini tayyorlash binosida esa tegirmonda maydalash jarayonida sirkulyatsion yuklamani kamaytirish va tegirmon ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida yoysimon g‘alvirlar o‘rnatildi. Bu esa quvur va nasoslarning vaqtidan oldin ishdan chiqishini bartaraf qilmoqda. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari