Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchilarga ish haqi undirib berildi
10:11 / 2023-08-19

Mamlakatimizda “Har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi” degan ezgu tamoyil asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash davomida fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanib kelinmoqda.

–Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarning joyida ko‘rib chiqilishi aholining adliya organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Yerkinbay Qannazarov. – Mana shunday sayyor qabulda tuman o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi 5 nafar xodimining ish haqiga qo‘shimcha ustama pullari to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomda belgilangan ustama pullari, ya’ni o‘rganish kuniga qadar jami 53 million 23 ming 900 so‘m miqdoridagi ustama pullari murojaat egalariga asossiz to‘lab berilmayotganligi aniqlandi. 

Ushbu ustama pullarini undirish maqsadida Shumanay tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi va murojaat egalarining foydasiga ish haqlariga qo‘shimcha ustama pullari undirib berildi. 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA