Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishchi-xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmayaptimi?
12:32 / 2022-12-16

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i 15 aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi kerak edi.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo‘lgan ishchi-xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda. Jumladan, 140 343 ta korxona va tashkilotdagi 385 644 nafar xodimning 451 866 ta soliq ob’ekti bo‘yicha 292,1 milliard so‘m to‘lanmagan. Shundan, mol-mulk solig‘i bo‘yicha 110,6 milliard so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 181,5 milliard so‘m miqdorida to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.  

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar sohalar kesimida o‘rganilganda, sanoat sohasidagi 19 732 tashkilotda ishlovchi 114 538 nafar xodimning soliq qarzi 130 726 ob’ektda 73,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Ya’ni 25,2 foizdir.  

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 42 ming 511 tashkilotda ishlovchi 73 217 nafar xodimning soliq qarzi 83 986 ta ob’ektda 70,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ya’ni 24 foiz.  

Savdo sohasidagi 36 165 ta tashkilotda ishlovchi 56 858 nafar xodimning soliq qarzi 71 601 ta ob’ektda 47,1 milliard so‘m, ya’ni 16,1 foizdir. Qurilish sohasidagi 9 684 ta tashkilotda ishlovchi 37 101 nafar xodimning soliq qarzi 43 426 ta ob’ektda 32,2 milliard so‘mni tashkil etadi.  

Shuningdek, tashish va saqlash sohasidagi 5 181 ta tashkilotda ishlovchi 29 845 nafar xodimning soliq qarzi 33 683 ta ob’ektda 18,2 milliard so‘m, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 8 026 ta tashkilotda ishlovchi 13 077 nafar xodimning soliq qarzi 16 327 ta ob’ektda 11,3 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 3 487 ta tashkilotda ishlovchi 8 043 nafar xodimning soliq qarzi 9 675 ta ob’ektda 5,1 milliard so‘mni tashkil etgan.  

Axborot va aloqa sohasidagi 1 503 ta tashkilotda ishlovchi 7 002 nafar xodimning soliq qarzi 7 996 ta ob’ektda 3,8 milliard so‘m, boshqa faoliyat turlari sohasidagi 14 054 ta tashkilotda ishlovchi 45 963 nafar xodimning soliq qarzi 54 446 ta ob’ektda 30,6 milliard so‘mni tashkil etdi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA